27.01.2022151
PVX kovirklar bizning hayotimizdan muhim joy olgan. Uyni g'ubor, chang va namlikdan himoya qiladi. Mahsulotning ajoyib afzalligi namlikni o'ziga singdirishidir. Bundan tashqari, bejirim go'zallikka ega! Agar siz mos rang, shakl va o'lchamdagi kovrikni tanlasangiz, u holda koridor darhol boshqacha ko'rinish oladi.
Agar kafelga ustiga qo'yilgan bo'lsa, unda xavfsizlikdan xavotir olmasa ham bo'ladi. Yomg'irli havodan so'ng uyga kirganda sirpanib ketish mumkin. Shuning uchun, avval kovrikda turish, oyoq kiyimlarini yechib, shundan keyingina ichkariga kirgan ma'qul. Bunga qo'shimcha ravishda, polni himoya qilish uchun PVX asosli kovriklarni sotib olish maqsadga muvofiqdir. Ko'pchilik parket yoki laminatni pol qoplamasi sifatida ishlatadi, ular namlik ta'sirida yomonlashishi mumkin, ammo PVX kovriklarnng maxsus tuzilishi bundan himoya qiladi.
PVX kovriklarni tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?
Ushbu mahsulotni tanlashda siz quyidagi jihatlarga e'tibor qaratishingiz kerak:
- ishlab chiqaruvchi;
- kovrik materiali;
- ishlab chiqarish usuli;
- qo'llanilishi;
- rang yoki naqshiga.
Mahsulot sifati va uning narxi ishlab chiqaruvchiga va ishlab chiqarish materialiga bog'liq. PVX gilamchalar bardoshli va ishonchli materialdan tayyorlangan bo'lib, to'g'ri parvarish va foydalanish orqali ular uzoq vaqt xizmat qiladi.
Kovrik sotib olayotganda, siz foydalanish maqsadini hisobga olishingiz kerak. Uy yoki ofis uchunmi? Bino tashqarisigami yoki ichigami? Har bir vaziyat uchun siz o'zingizga mos variantni tanlashingiz mumkin.
O‘zbekistonda PVX kovriklarni qayerdan sotib olish mumkin? SN CARPET kompaniyasi polusti qoplamalari, xususan, turli xil sifatli kovriklar ishlab chiqarishda katta tajribaga ega. Bu yerda siz har qanday xona uchun kovrolinlar, kovriklar, spiralsimon kovrik topishingiz va xarid qilishingiz mumkin. Bizning mutaxassislarimiz sizga kerakli parametrlarni aniqlashga yordam beradi.